Бош саҳифа / Янгиликлар / Toshkent shahridan davlat xizmatchilari va ijtimoiy – iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhiga faxriy unvonlar va ordenlar topshirildi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Toshkent shahridan davlat xizmatchilari va ijtimoiy – iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhiga faxriy unvonlar va ordenlar topshirildi


Poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi hamda Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmoni asosida Toshkent shahridan davlat xizmatchilari va ijtimoiy – iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.  

 

Poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi hamda Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmoni asosida Toshkent shahridan davlat xizmatchilari va ijtimoiy – iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.  

Tadbirda Toshkent shahrida ko'p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan davlat xizmatchilari va ijtimoiy - iqtisodiy sohalar xodimlari, xokimlikning mas'ul vakillari va O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari hamda moliya vaziri Rustam Azimov ishtirok etishdi. Aytish kerakki, Davlatimiz va xalqimiz hayotida tom ma'noda tarixiy sana bo'lgan Konstitutsiya kuni haqida so'z borganda, biz bugungi O'zbekiston davlatchiligining tiklanishi va rivojlanishidagi beqiyos o'rni hamda ahamiyatini yuksak baholaymiz. Rustam Azimov o'z nutqida ta'kidlaganidek, mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab o'z oldimizga qo'ygan ezgu maqsadga erishish, ya'ni yurtimizda ijtimoiy yo'naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishda mustahkam Konstitutsiyamizning o'rni beqiyosdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan olib borilgan oqilona siyosat va mukammal ishlab chiqilgan Konstitutsiya bugungi kunda kuchli mexanizim sifatida yurt farovanligiga munosib xizmat qilmoqda. O'zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan imzolangan fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risidagi farmonga asosan  tadbir davomida  bir qator hamshaharlarimizga faxriy unvonlar va ordenlar topshirildi.

Darhaqiqat, xukumatimiz mana shunday Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g'oyani rivojlantirish, ma'naviyatimizni tiklash va o'zligimizni anglash yo'lida yorqin iste'dodi bilan munosib xissa qo'shib, mehnat qilgan faol xizmatchilarini xech ham esdan chiqazmaydi va davlat mukofoti bilan ularga minnatdorlik bildiradi. 

Qayd etish kerakki, bugun O'zbekiston bosib o'tgan mustaqil taraqqiyot yo'liga xolisona nigox tashlasak, o'tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o'sish sur'atlari, aholi farovonligining yildan-yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro'-e'tiborining tobora yuksalib borayotgani – bularning barchasi esa Konstitutsiyamizning asosiga qo'yilgan, chuqur va puxta o'ylangan maqsad, prinsip va normalarning samarasi, ekanligiga guvox bo'lishimiz mumkin. 


Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 07/12/2016 17:27 Кўрилганлиги: 336
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1200 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 185 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 15
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг