Joriy yilning 4 dekabr kuni Yunusobod
tumanidagi 584-saylov uchastkasi aynan ko'p qavatli xonadonlarning
markazida joylashgani uchun mahalla fuqarolari erta tongdan
faolikda ovoz berish uchun kela boshlashdi. Vatan kelajagi uchun hamma birdek
ma'sul ekani mazkur jarayonda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Uchastkada nafaqat
saylovchilar balki OAV, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilarni ham uchratish
mumkin. Shu o'rinda aytish joizki, yurtimizga tashrif buyurgan ko'p
sonli xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonining o'tishi, uning tashkiliy
jixatlariga yuqori baxo berishmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasidan xalqaro kuzatuvchilar rahbari Gao Yuyshen:
- Bugun shu vaqtga qadar biz 4 ta saylov uchastkasida bo'ldik. Umuman olganda, ulardagi sharoit va ish jarayoni menda yaxshi taassurot qoldirdi. Biz fuqarolar ovoz berishda faol qatnashayotganini ko'rdik. Shuni ta'kidlamoqchimanki, birorta qoidabuzarlikni ko'rganim yo'q, barcha jarayonlar milliy qonunchilikka mos o'tmoqda. Shu sababdan bu yilgi O'zbekiston prezidenti saylovi ham, xuddi avvalgi saylovlar kabi muvaffaqiyatli o'tadi, deb aytishimga asos bor.
Agar siz kimningdir libosida “Biz saylovda ovoz berdik sizchi deb” yozilgan nishon ko'rsangiz biling u inson saylov uchastkasida munosib nomzodga ovoz berib bo'lgan. 584-saylov uchastkasida yoshi ulug' bo'lgan shuningdek birinchi marotaba o’z ovozi bilan ishtrok etayorgan yoshlarning ko'zidagi xayajon ovoz berish jarayonida yaqqol ko'rinib turibdi.
Shukurova Lali:
–Men Prezident saylovida birinchi marotaba ishtrok etayotganim va mening ovozim ham muhim ahamiyatga ega ekanligidan juda ham xursandman. Saylovda ilk bor qatnashayotganim sababli uchastkada menga o'zgacha bir tilaklar bildirilib, Uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan gul taqdim etildi.
Barcha saylov uchastkalari singari bu yerda ham mahsus ona va bola hamda tibbiyot xonalari xizmat ko'rsatmoqda. Shu o'rinda ba'zi saylovchilarning ma'lum bir sabablarga ko'ra ovoz berish binosiga kela olmaganligi uchun uchastka saylov komissiyasi a'zolari ularning uylariga ham tashrif buyurishdi. Saylovga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq Prezident saylovida ilk marotaba byulletenlar Brayl shriftida ham tayyorlandi. Ana shu imkoniyatdan 584 -saylov uchastkasida ro'yxatdan o'tgan bir saylovchi foydalandi. Uning so'zlariga ko'ra yaratilgan bu qulaylik saylovda hamma birdek teng ho'quqga ega ekanligidan dalolat beradi.
Manba: UzReport.uz