Бош саҳифа / Янгиликлар / Press-clubda ish qizg'in davom etmoqda
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Press-clubda ish qizg'in davom etmoqda


Har bir jurnalistning ish kuni erta tongdan boshlanadi, ayniqsa  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.   Aynan shu kuni har bir fuqaro o'z faolligini namoyish etib, Vatan kelajagiga befarq emasligini namoyon qilishi mumkin. Election.uz  Press klubida ham ish qizg'in. Bu kun jurnalistlarning asosiy vazifasi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni qanday borayotganligini keng, asosiysi, tezkorlik bilan yoritishdir. Bugun mazkur vazifa nafaqat yurtimiz, balki chet el OAV xodimlari zimmasida.    

Har bir jurnalistning ish kuni erta tongdan boshlanadi, ayniqsa  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.   Aynan shu kuni har bir fuqaro o'z faolligini namoyish etib, Vatan kelajagiga befarq emasligini namoyon qilishi mumkin. Election.uz  Press klubida ham ish qizg'in. Bu kun jurnalistlarning asosiy vazifasi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni qanday borayotganligini keng, asosiysi, tezkorlik bilan yoritishdir. Bugun mazkur vazifa nafaqat yurtimiz, balki chet el OAV xodimlari zimmasida.    

So'nggi paytlarda jurnalistlarning  ish qurollari hisoblangan bloknot va ruchkalar o'rnini kompyuterlar, Planshet va smartfonlar egallamoqda. Bu esa albatta axborot texnologiyalari jadallik bilan riovjlanayotgan davr talabidir.  Mazkur multimedia maydonida yuqori tezlikdagi internetga ulangan 80 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar, wi-fi, mamlakatdagi 10 ta hududiy nodavlat telestudiyalar bilan onlayn-bog'lanish imkoniti yaratilgan. Shu bilan birga Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi bilan bevosita onlayn aloqa yo'lga qo'yilgan. Mahalliy va xorijiy jurnalistlar esa mazkur imkoniyatlardan foydalan xolda axoliga tezkor axborot yetkazishmoqda. Biz ham bu yerdagi qizg'in ish jarayonida  to'g'ridan to'g'ri efir chiqayotgan   rossiyalik jurnalistlarni uchratdik. 

Robert Fransev – jurnalist (Rossiya) Uzreport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: Kecha bizga saylov uchastkalari ertalab soat 5 da ish boshlashini va  uni tasvirga olishimiz mumkinligini aytishganda, ochig'i, men bu payt uchastkada birorta saylovchini ko'rishim mumkinligiga ishonmagandim. Lekin soat 5:30 da, saylov uchastkasi ochilishidan yarim soat oldin bu yerga kelgan  keksa yoshdagi odamlarni ko'rdim, ular urnalar muhrlanishini sabr bilan kutib turishdi..Bizda bunakasi bo'lmagan. Bu birinchi ko'zga tashlangan holat. Lekin shundan ham kun davomida saylovda ko'p odam qatnashishini bilsa bo'ladi. Bu juda muhim, chunki u Uzbekistonning siyosiy hayotida fuqarolar faolligini ko'rsatadi. Bu faollikni saylovoldi kampaniyasi qanday yoritilganidan ham ko'rish mumkin bo'ldi, Biz bir haftadan  beri  shu yerda ishlayapmiz.

Xar bir jurnalist o'z ishi, zimmasiga yuklatilgan vazifani  bajarish bilan ovora. Kimdir saylov uchastkalaridan turib axoliga ma'lumotlar yetkazayotgan bo'lsa, boshqalar  press klubda ishlashmoqda. Ular saylov jarayonlarini yoritib borishmoqda. Eslatib o'tamiz, Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovini  yoritish uchun  1300dan ortiq maxalliy va xorijiy OAV vakillarini  akkreditatsiyadan o'tkazgan.  


Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 07/12/2016 17:27 Кўрилганлиги: 190
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1200 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 185 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 14
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг