Бош саҳифа / Янгиликлар / "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni ta'sis etildi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

"O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni ta'sis etildi

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo'shgan harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar faxriylarini va xizmatchilarini qo'llab-kuvvatlash maqsadida, 2016 yilning 28 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonini ta'sis etish to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi va Nizomi tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalarini bir oy muddatda belgilangan tartibda tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Nizomga muvofiq, mazkur nishon bilan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo'shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo'yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo'shatilgan yoki iste'foga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo'lgan yoxud yarador bo'lgan va shikastlangan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar. Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.

Manba: UzReport.uz

Киритилган вақти: 07/12/2016 17:27 Кўрилганлиги: 192
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1200 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 185 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 4
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг