Бош саҳифа / Янгиликлар / O'zbekiston Prezidenti saylovining yakuniy natijalari e'lon qilindi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

O'zbekiston Prezidenti saylovining yakuniy natijalari e'lon qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari haqida axborot berildi. Markaziy saylov raisi M. Abdusalomov qayd etganidek, 4-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligimiz talablari va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan demokratik tamoyillari asosida ochiq va oshkora o'tkazildi.

4 dekabr kuni o'tgan prezident saylovida ro'yxatga olingan 20 461 805 nafar saylovchidan 17 951 667 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etib, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, Prezident saylovi o'tgan, deb hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko'ra, O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Sarvar Sadullayevich Otamuratovni yoqlab 421 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 2,35 foizi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 906 724 nafar saylovchi yoki saylovchilarning 88,61 foizi, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 187 nafar saylovchi yoki saylovchilarning 3,73 foizi, O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Narimon Majidovich Umarovni yoqlab 619 972 nafar saylovchi yoki saylovchilarning 3,46 foizi ovoz bergan.

Brifing ishtirokchilariga hozirgi paytda Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnoma va boshqa materiallarni ko'rib chiqilayotgani haqida ma'lumot berildi. “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi Qonunga muvofiq zarurat bo'lsa, ayrim uchastka saylov komissiyalarining materiallari ham sinchiklab tekshiriladi va shundan so'ng Markaziy saylov komissiyasi saylov natijasi bo'yicha qaror qabul qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to'g'risidagi axborot saylovdan keyin o'n kundan kechiktirmay, ya'ni 2016 yil 14 dekabrga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e'lon qilinadi.

Manba: UzReport.uz

Киритилган вақти: 07/12/2016 17:27 Кўрилганлиги: 174
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1199 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 184 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 5
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг