Бош саҳифа / Янгиликлар / Fuqarolik jamiyati- saylov jarayonining muhim bo'g'ini
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Fuqarolik jamiyati- saylov jarayonining muhim bo'g'ini

Saylov.uz – 2016 press-klubida ish jarayon qizg'in tarzda davom etmoqda. Navbatdagi sessiya yig'ilishida mutaxassislar hamda OAV vakillari “Saylov va fuqarolik jamiyati” mavzusida muhokamalarni olib  borishdi. Muloqotda Xotin-qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, “Mahalla”  xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YIH markaziy kengashi raislari hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti ekspertlari  va boshqalar  ishtirok etdi.

Sessiya davomida mutaxassislar tomonidan ta'kidlanganidek, xozirgi kunda yurtimizda demokratik huququy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda fuqarolarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilyapti. Shu sababli ham prezident saylovlarida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash hamda ularni saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida muhim choralar ko'rildi.  Aytish joizki ushbu sessiyada muhokama etilgan mavzu saylov jarayonlarining muhim elementi hisoblanadi.

Sessiya ishi davomida xotin qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, ularning qiziqishlari va qonuniy huquqlarining himoyalanishi xususida ham so'z bordi. Qayd etish kerakki Xotin qizlar qo'mitasi tomonidan doimiy ravishda yurtimiz ayollari har tomonlama qo'llab qavvatlanadi.  Hamda ularning bandligini ta'minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

15 yildan beri yurtimizda faoliyat olib borayotgan yirik NNTdan biri Kamolot  YIHdir. Ushbu harakat faoliyatining asosiy ustuvor vazifalaridan biri yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ularni saylovlarda faol ishtirok etishga jalb qilishdan iboratdir. 

Manba: UzReport.uz

Киритилган вақти: 07/12/2016 17:27 Кўрилганлиги: 197
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1200 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 185 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 12
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг