Бош саҳифа / Янгиликлар / Bir guruh bojxonachilar "Do'stlik" va "Mardlik" ordeni", "Jasorat ", "Sodiq xizmatlari uchun", "Shuhrat" medallari bilan mukofotlandilar
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Bir guruh bojxonachilar "Do'stlik" va "Mardlik" ordeni", "Jasorat ", "Sodiq xizmatlari uchun", "Shuhrat" medallari bilan mukofotlandilar


Davlat bojxona qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda qo'mitaning Markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahri va viloyati bojxona boshqarmalari, "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi vakillari hamda soha faxriylari ishtirok etishdi.  

Davlat bojxona qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda qo'mitaning Markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahri va viloyati bojxona boshqarmalari, "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi vakillari hamda soha faxriylari ishtirok etishdi.  

Konstitutsiya - xar bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligi rivoji, fuqarolar hayoti, jamiyatdagi o'rni va turmush tarzini belgilab beradigan Asosiy Qonun xisoblanadi. Bayram tadbirida ta'kidlanganidek, bosh qomusimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, jumladan, fuqarolarimizning turmushini yaxshilash, qudratli davlat barpo etish, xalq xo'jaligining barcha sohalarini taraqqiy ettirish, bir so'z bilan aytganda, obod va farovon hayot qurish hamda bunyodkorlikka qaratilgan. Albatta, davlatimiz sarxadlarini asrashdagi muhim pozitsiya bo'lmish bojxona xizmati ham konstitutsiyada belgilangan normalarga asosan muvoffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Jumladan , bojxona organlaridagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini takomillashtirish, tadbirkorlar uchun joriy qilingan elektron xizmatlar soni va sifatini oshirish, xususan tovarlarni bojxonada elektron deklaratsiyalashning yo'lga qo'yilishi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada soddalashtirish imkonini berib, biznes vakillari uchun keng qulaylik va imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda.

Bundan tashari mutaxassislar bosh qomusimizda mustahkamlab qo'yilgan kafolatlar va ifoda etilgan normalarni kundalik hayotda qaror toptirish, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, iqtisodiyotning jadal sur'atlar bilan o'sishiga xissa qo'shish har birimizning Konstitutsiyaviy burchimiz ekanligini qayd etishdi. Shuningdek, tadbir davomida mustaqilligimizning 25 yilligi tantanalari arafasida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoni asosida taqdirlangan bojxona xodimlariga “Do'stlik” va “Mardlik” ordeni” hamda  “Jasorat ”, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Shuhrat” medali kabi  davlatimizning yuksak mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Qolaversa,  xizmat faoliyatida o'rnak ko'rsatib kelayotgan bir gurux soha xodimlari hamda bojxona faxriylari ham bayram munosabati bilan mukofotlandilar.

 


 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 07/12/2016 17:27 Кўрилганлиги: 153
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1199 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 184 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 2
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг